ERON ISLOM RESPUBLIKASIDA MUZEY ISHINI BOSHQARISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI: STRATEGIYA, METODOLOGIYA VA INNOVATSIYALAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola XXI asr sharoitida Eron Islom Respublikasida muzey ishini boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida muzeyshunoslik nazariyasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, muzeylarni boshqarishning innovatsion mexanizmlari, raqamlashtirish jarayonlari, shuningdek, madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. IMRAD (Kirish, Metodologiya, Natijalar, Muhokama) talablari asosida yozilgan ushbu ishda Eron muzeylari misolida yangi konseptual yondashuvlar, zamonaviy menejment va marketing texnologiyalarini joriy etish, virtual ekspozitsiyalar hamda interaktiv platformalarni rivojlantirish istiqbollari ochib berilgan.