Published May 20, 2026 | Version v1

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA BRENDING STRATEGIYALARINING SAMARADORLIGI

Description

Mazkur ilmiy maqolada madaniyat va san’at sohasida brending strategiyalarining nazariy va amaliy asoslari, ularning zamonaviy madaniy makondagi o‘rni hamda samaradorlik darajasi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida madaniy muassasalar faoliyatida brend yaratishning ahamiyati, auditoriyani jalb qilish mexanizmlari, raqamli marketing texnologiyalaridan foydalanish hamda xalqaro madaniy imijni shakllantirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, maqolada kreativ industriya rivojlanishi sharoitida san’at menejmentining transformatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlarning madaniy targ‘ibotdagi roli va innovatsion kommunikatsiya vositalarining samaradorligi tahlil etilgan.

O‘zbekiston misolida milliy madaniyatni brendlash jarayonlari, xalqaro festival va madaniy loyihalarning davlat imijini mustahkamlashdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy brending strategiyalari madaniyat va san’at muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, turizmni rivojlantirish hamda milliy madaniy merosni xalqaro maydonda targ‘ib qilishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada madaniy brendingni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

780-784.pdf

Files (339.1 kB)

Name Size Download all
md5:e6e953207549a70a0dffa0d24db6d836
339.1 kB Preview Download