Published May 19, 2026 | Version v1
Journal article Open

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI NATIJADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN MOLIYAVIY BOSHQARUV YO'NALISHLARI

Description

Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini oshirishning asosiy moliyaviy 
yo‘nalishlari va ularni samarali boshqarish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan 
kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida bank kreditlari, investitsion resurslar, davlat 
tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda 
raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintech yechimlari, onlayn kreditlash tizimlari va 
avtomatlashtirilgan skoring modellari)ning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. 
Shuningdek, moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish, moliyaviy resurslardan 
samarali foydalanish hamda risklarni boshqarish mexanizmlarini optimallashtirish orqali 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash 
masalalari tahlil qilingan. Xalqaro tajriba va ilmiy adabiyotlar asosida moliyaviy 
resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, kreditlash samaradorligini oshirish va 
investitsion faollikni rag‘batlantirish yo‘nalishlari baholangan. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy yo‘nalishlarni samarali boshqarish tadbirkorlik 
subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va 
iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim strategik omil hisoblanadi. Shu bilan 
birga, kredit resurslarining mavjudligi, davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining 
samaradorligi hamda raqamli moliyaviy infratuzilmaning rivojlanish darajasi tadbirkorlik 
faoliyatining barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab berilgan. 
Mazkur natijalar asosida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy boshqaruv tizimini 
takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular milliy 
iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini 
ta’minlashga xizmat qiladi.

Files

Daniyarov Quwatbay Dáwirxanovich 222222222.pdf

Files (459.8 kB)

Name Size Download all
md5:f11c57f092997babb2870b18ace1287b
459.8 kB Preview Download