HARBIY FANLARNI O'QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO'LLARI
Authors/Creators
Description
Bugungi globallashuv sharoitida harbiy ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan
talablar tobora ortib bormoqda. Zamonaviy qurollanish, harbiy texnika va axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonida ta’lim
mazmuni, shakli va metodlarini tubdan yangilashni taqozo etmoqda. Shu bois harbiy
fanlarni o‘qitishda an’anaviy yondashuvlar bilan cheklanib qolmasdan, innovatsion
pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlar, harbiy ta’lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash bo‘lajak ofitser va harbiy
mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda harbiy
fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish
kursantlarda mustaqil fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni to‘g‘ri baholash va
jangovar sharoitlarga moslashish kabi muhim kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish
imkonini beradi.
Files
Narmurodov Ural Sulaymonovich.pdf
Files
(482.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a8da283238f8e81da6f0918d23c99851
|
482.7 kB | Preview Download |