Published May 15, 2026 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA FILIPPIN RESPUBLIKASI DAVLATLARINING JINOYATCHILIK QONUNCHILIGINING O'ZARO TAHLILI

Description

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi va Filippin Respublikasi jinoyat-protsessual tizimlarida ishni sudga qadar yuritish, jinoyat ishini qoʻzgʻatish, surishtiruv hamda dastlabki tergov institutlari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli normalari hamda Filippin Respublikasining Rule 110 va Rule 112 qoidalari asosida sudgacha boʻlgan protsessual bosqichlarning mazmuni, vazifalari va oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Maqolada jinoyat ishini qoʻzgʻatishning asoslari va sabablari, tergovga qadar tekshiruvning ahamiyati, surishtiruv va dastlabki tergovning protsessual tartibi hamda prokuror nazoratining oʻrni batafsil ochib berilgan. Shuningdek, Filippin tizimidagi “probable cause” instituti, preliminary investigation jarayonidagi kontradiktorlik tamoyili va protsessual kafolatlar Oʻzbekiston tajribasi bilan qiyoslangan.

Files

485-492.pdf

Files (330.3 kB)

Name Size Download all
md5:5576f1962d8a150afe1d5a3e008a5717
330.3 kB Preview Download