MIGRANTLAR HUQUQLARINING XALQARO VA MILLIY HUQUQIY KAFOLATLARI: REAL HIMOYA YOKI QOG'OZDAGI QONUN
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida migrantlar huquqlarining huquqiy kafolatlari, xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi o‘zaro qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda migratsiya tushunchasi, uning turlari va BMTning 1990-yildagi "Barcha ishchi-migrantlar va ularning oila a'zolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi konvensiyasi o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining "Muhitdinov Rossiyaga qarshi" keysi misolida majburiy migratsiya va qiynoqlardan himoyalanish masalalari tahlil etilgan. Maqola yakunida migrant ayollar, bolalar va talabalar huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda nazorat institutlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.