ARAB TILIDAGI ONLAYN SAVDOGA OID TERMINLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu ilmiy maqolada arab tilidagi onlayn savdoga oid terminlar lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektron tijorat jarayonida keng qo‘llaniladigan asosiy atamalar, ularning leksik manbalari, shakllanishi va zamonaviy arab tilidagi qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, arab tilidagi onlayn savdo terminlarining o‘zbek tilidagi muqobillari, hamda terminologik moslik masalalari qiyosiy yondashuv asosida tahlil etiladi. Maqolada internet savdosi, elektron to‘lov tizimlari, yetkazib berish, marketing va mijozlar bilan muloqot jarayoniga oid terminlar tizimlashtirilib, ularning amaliy qo‘llanishi yoritiladi. Tadqiqot natijalari arab tilini o‘qitish, tarjima amaliyoti va zamonaviy iqtisodiy terminologiyani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.