Published May 14, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Authors/Creators
Description
Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning metodik asoslari yoritiladi. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash orqali ta’lim oluvchilarning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, bilim darajasini diagnostika qilish, o‘quv faoliyatini monitoring qilish, tezkor qayta aloqa berish va natijalarni prognozlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishning pedagogik, didaktik va texnologik shartlari ko‘rib chiqiladi.