Published May 14, 2026 | Version v1

TURKIY TILLARNING TARIXIY TARAQQIYOTIDA TASAVVUFIY ADABIY YOZMA MANBALAR VA TASAVVUF TERMINLARINING O'RNI

Description

Mazkur tadqiqotda turkiy tillarning turli tarixiy bosqichlariga taalluqli tasavvufga oid yozma yodgorliklar tizimli o‘rganilib, tasavvuf terminlarining turkiy til leksikasidagi o‘rni yoritilgan. XI–XV asrlarda yaratilgan mo‘tabar tasavvufiy manbalar (Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat”, Yassaviy ta’limoti asarlari, chag‘atoy tilidagi futuvvatnomalar) asosida tasavvuf terminlari ma’no va kelib chiqish jihatdan tahlil qilingan, ularning turkiy tillar so‘z boyligidagi o‘rni aniqlangan. Tadqiqotda qiyosiy-tarixiy, komponent tahlil va lingvostatistik usullar qo‘llanilgan. Tahlil natijasida tasavvuf terminlari uch asosiy qatlam – arab, fors va turkiy o‘zlik qatlamiga ajratilgan. Xulosa shuni ko‘rsatadiki, tasavvuf terminlari turkiy tillarning lug‘at boyligini oshirishda, adabiy til me’yorlarining qaror topishida va turkiy xalqlarning madaniy-ma’naviy yaqinlashuvida muhim rol o‘ynagan. Mazkur terminlarning ma’no taraqqiyoti turkiy tillardagi mavhum-falsafiy tushunchalar tizimining rivojlanishini namoyon etadi

Files

1 (17).pdf

Files (316.6 kB)

Name Size
md5:51e970a9772b92cdcfc8e2cc00a9006d
316.6 kB Preview Download