Published May 13, 2026 | Version v1
Journal article Open

AYOLLAR BANDLIGINI OSHIRISHNING KAMBAG'ALLIKKA TA'SIRI (GENDER ASPEKTI)

Description

Maqolada ayollar bandligini oshirishning kambag‘allikni qisqartirishga 
ta’siri gender nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot Jahon banki, Xalqaro mehnat 
tashkiloti (XMT) hamda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida 
olib borilgan. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilda ayollarning mehnat faolligi 
erkaklarnikidan 28 foiz punktiga ortda qoladi [1; 2]. Ayollar erkaklardan 34 foiz kam ish 
haqi oladi, bu jahon o‘rtacha ko‘rsatkichi (20%) dan ancha yuqori [2]. Jahon banki hisob
kitoblariga ko‘ra, agar ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng ishtirok etsa, milliy daromad 
29 foizga oshadi, ish haqi tengligi esa 700 000 dan ortiq odamni kambag‘allikdan chiqaradi 
[1; 3]. Tadqiqot ayollar bandligini oshirish kambag‘allikni qisqartirishning samarali 
strategiyasi ekanligini va aniq siyosiy chora-tadbirlar (ta’lim, bola parvarishi infratuzilmasi, 
mehnat huquqlari) zarurligini tasdiqlaydi.

Files

Muxammadiyev Xurshid Abdukaxorovich.pdf

Files (765.2 kB)

Name Size Download all
md5:9686f3f1b452ea0a66919540f63f942d
765.2 kB Preview Download