Published May 12, 2026
| Version v1
Journal article
Open
GʻARB DAVLATLARIDA HADISLARNI OʻRGANISH BO'YICHA XVII-XVIII ASRLARDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola XVII-XVIII asrlardagi G‘arb sharqshunosligining shakllanishi va hadislarni tarjima qilish jarayonlariga bag‘ishlangan. Maqolada E. Pokok, B. d'Herbelot, A. Gallan, S. Okli va J. Seyl kabi olimlarning hadis matnlarini tizimlashtirish hamda Yevropa ilmiy jamoatchiligiga taqdim etishdagi xizmatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda islomiy manbalarning lotin va ingliz tillariga o‘girilishi, "isnod" va "matn" tushunchalarining G‘arb metodologiyasiga kirib kelishi hamda ilk qo‘lyozmalar fondining yaratilish tarixi yoritiladi. Mazkur ish ushbu davr sharqshunosligining o‘ziga xos ilmiy ahamiyatini ochib beradi.