MUNOZARA JANRINING TARIXIY ILDIZLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada munozara janrining tarixiy ildizlari, uning
shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.
Tadqiqotda munozaraning qadimgi Sharq va Antik G‘arb falsafasidagi o‘rni, o‘rta
asrlar ilmiy tafakkuridagi funksiyasi hamda Uyg‘onish davrida ilmiy metod sifatida
takomillashuvi yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek adabiy va ma’rifiy an’analarida
munozara janrining rivojlanish xususiyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola
munozaraning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy haqiqatni aniqlash va
intellektual madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyatini asoslab beradi.