AMIR TEMUR XARAKTERI VA RAHBARLAR MADANIYATI
Authors/Creators
Description
Amir Temur hech qachon shoshqaloqlik qilmagan va hissiyotlarga berilmagan. Tarixiy manbalarning shohidlik berishicha, uning shodligi yoki g‘am-g‘ussularini yuzidan sezilmas, doimo bir xildagi kayfiyatni, og‘ir-bosiqlikni saqlab qolgan edi. Amir Temur o‘z davrida informatsion kurash uslubiga tayanib, o‘sha davrning o‘ziga xos g‘oyaviy kurashlari tarixini ham boyitgan edi. U o‘zining dushmanlari orasiga ham kezi kelganda nizo tushira olgan.
U o‘zining nimaga bunday harakatlar qilayotganini xalqqa bildirish uchun ovoza tarqatish uslubidan foydalangan.