YONISH JARAYONINING ILMIY FIZIK-KIMYOVIY TAHLILI
Description
Annotatsiya. Ushbu maqolada yonish jarayonining fizik-kimyoviy mohiyati, uning bosqichlari, kinetikasi hamda issiqlik va massa almashinuvi qonuniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Yonish jarayoni murakkab ekzotermik oksidlanish reaksiyasi bo‘lib, u kimyoviy va fizik hodisalar o‘zaro bog‘liqligida kechadi. Tadqiqotda yonishning nazariy asoslari, alangalanish shartlari, yonish tezligiga ta’sir etuvchi omillar hamda yonish mahsulotlarining ekologik oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Natijalar sanoat xavfsizligi, yong‘inlarning oldini olish va zamonaviy o‘chirish tizimlarini takomillashtirishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: yonish jarayoni, ekzotermik reaksiya, oksidlanish, piroliz, alangalanish harorati, issiqlik almashinuvi, yonish kinetikasi