STENOKARDIYA DIAGNOSTIKASI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada stenokardiyaning klinik ahamiyati, etiologiyasi va patogenez xususiyatlari hamda zamonaviy diagnostika usullari tahlil qilinadi. Stenokardiya yurak ishemik kasalligining asosiy klinik ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uning yetkazib berilishi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga keladi.Tatqiqotda noinvaziv usullardan – elektrokardiografiya, exokardiografiya, holter monitoring kabi usullarni ko’rish mumkin. Invaziv usullardan esa koronar angiografiya va yurak kateterizatsiyasi usulari batafsil yoritilgan. Diagnostika usullarning ahamiyati ularni tashxis qo’yishdagi o’rni va samaradorligini ko’rish mumkun. Miya infarkti yoki perkutan koronar aralashuvlar tarixi bo‘lgan bemorlarda obstruktiv ishemiya kasalliklarini aniqlash uchun invaziv bo‘lmagan vizualizatsiya usullarining diagnostik samaradorligi to‘liq baholanmagan. Ushbu meta-tahlil koronar KT-angiografiya, KT-perfuziya kombinatsiyasi, kardiologik MRT va KT ning invaziv standartlar bilan taqqoslaganda diagnostik qiymatini baholaydi. Bundan tashqari tug'ma yurak nuqsonlarini, masalan, o'pkalararo devordagi nuqsonlar ni minimal invaziv jarrohlik usullari bilan tuzatishga yordam berdi va hozirda diagnostika jarayoni pulsoksimetriya kabi an'anaviy bo'lmagan usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu o'z navbatida, operatsiyadan keyingi asoratlar darajasini kamaytirish bilan klinik natijalarni yaxshiladi. Biroq o'pkalararo devordagi nuqsonlar turlari, bemorning yoshi, birga keluvchi kasalliklar va yopiqlik uskunalariga kirish farqlari jarrohlik takomillashuvining samaradorligini cheklashi mumkin. Bu usullar ko’plab yurak kasaliklarni oldini olish, tahlil qilishda yordam beradi. Maqolada kasallikning tipik va atipik simptomlari, fizik ko‘rik usullari, elektrokardiografiya, laborator tahlillar, yuklama testlari, ekokardiografiya hamda koronar angiografiya kabi instrumental tekshiruv usullarining diagnostik ahamiyati yoritilgan.
Files
119-129.pdf
Additional details
References
- 1. Beltrame JF. Management of vasospastic angina. Heart. 2022 Dec 13;109(1):70-77. doi: 10.1136/heartjnl-2022-321268. PMID: 36371661.