Published May 6, 2026 | Version v1
Journal article Open

TRANSMADANIYLIK KONSEPSIYASINING NAZARIY ASOSLARI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Description

Zamonaviy globallashuv jarayonlari va migratsiya oqimlari natijasida an’anaviy 
madaniyat tushunchasining funksional ahamiyatini torayib bormoqda. Bugungi kunda inson 
o‘zligini faqat bitta milliy yoki hududiy chegara doirasida anglay olmaydi. Shu nuqtayi 
nazardan, transmadaniylik (transculturalism) konsepsiyasi madaniyatlarning bir-biri bilan 
o‘zaro aralashuvi, gibridlashuvi va yangi "uchinchi makon" hosil qilishi jarayonini 
o‘rganishda muhim nazariy vosita bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu tadqiqotning ahamiyati  
shundaki, uzoq yillar davomida qo‘llanilgan multikulturalizm (madaniyatlarning paralelligi, 
lekin alohida yashashi) va interkulturalizm (madaniyatlararo muloqot) tushunchalari 
bugungi kunning murakkab transmilliy aloqalarini to‘liq tushuntirib bera olmayapti. 
Volfgang Velsh va Fernando Ortiz kabi olimlar ta’kidlaganidek, madaniyatlar endi xuddi 
orollardek ajralgan emas , balki tarmoqlangan va aniq tizimga aylangan.( Welsch,W.1999).
Tadqiqotning maqsadi — transmadaniylik konsepsiyasining nazariy kelib chiqishini 
tahlil qilish va uning tarixiy-mantiqiy shakllanish bosqichlarini aniqlashdan iborat. 
Shuningdek, ishda ushbu transformatsiyaning insonning dunyoqarashi va ijtimoiy 
munosabatlariga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot obyekti sifatida madaniy integratsiya modellari 
olingan bo‘lsa, predmeti sifatida transmadaniy o‘zlikning shakllanish mexanizmlari 
belgilanadi.

Files

Qo‘ziqurbonov Dostonbek Mashrabjon o‘g‘li.pdf

Files (399.0 kB)