ZAMONAVIY TOMOSHA MAKONLARI INTERYERINI LOYIHALASHDA BADIIY ESTETIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SINTEZI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada zamonaviy tomosha makonlari interyerlarini shakllantirishda estetik yondashuvlar va innovatsion texnologik tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida teatr, konsert zali va madaniyat markazlari interyerining kompozitsion tuzilishi, sahna muhiti, akustik qulaylik, tomoshabin ergonomikasi hamda vizual idrokni tashkil etuvchi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy tomosha binolaridan zamonaviy transformatsiyalanuvchi sahna makonlarigacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari qiyosiy asosda o‘rganiladi. Maqolada interyer muhitining badiiy ifodadorligini oshirishda yorug‘lik dizayni, multimedia texnologiyalari, dekorativ materiallar va rang yechimlarining ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy tomosha makonlarini loyihalashda estetik jozibadorlik, texnologik moslashuvchanlik va funksional samaradorlikning uyg‘unligi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.