Published May 5, 2026 | Version v1
Journal article Open

QURILISH LOYIHALARINI REJALASHTIRISH VA AMALGA OSHIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUN'IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN MA'LUMOTLARNI BOSHQARISH TIZIMLARIDAN FOYDALANISH

Description

Mazkur ilmiy maqolada qurilish loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish samaradorligini oshirishda sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlarining ahamiyati “O‘zbekneftegaz” AJ misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida neft-gaz sanoatiga xos murakkab qurilish loyihalarida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan loyiha muddatlarining kechikishi, resurslardan samarasiz foydalanish, xarajatlarning ortib ketishi hamda ma’lumotlar oqimining yetarli darajada integratsiyalashmaganligi aniqlangan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari, xususan mashinaviy o‘rganish, katta ma’lumotlar tahlili va aqlli boshqaruv tizimlaridan foydalanish orqali ushbu muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari asoslab berilgan. “O‘zbekneftegaz” AJ faoliyati misolida SI asosidagi tizimlarni joriy etish orqali loyiha boshqaruvining samaradorligini oshirish, risklarni kamaytirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish mumkinligi ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlarni boshqarish tizimlari qurilish loyihalarida vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi, boshqaruv jarayonlarining aniqligi va shaffofligini oshiradi hamda umumiy samaradorlikni ta’minlaydi.

Files

75-80.pdf

Files (631.0 kB)

Name Size Download all
md5:3a3b7f8d78add714dc5898c9f9126e52
631.0 kB Preview Download