BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA "SITUATIONSANSATZ" MODELI: GERMANIYA TAJRIBASI VA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATI.
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada Germaniya oliy ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muammoli ta’lim (Problem-Based Learning — PBL) texnologiyasining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu maqola “Xalqaro tarbiya modellari, ularning konseptual asoslari” yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib Germaniya universitetlarida qo‘llaniladigan "Situationsansatz" (vaziyatli yondashuv) metodikasi, real pedagogik vaziyatlardan foydalanish va ota-ona bilan hamkorlik kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot shakllari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda mas'uliyat hissi, tanqidiy fikrlash va kasbiy mustaqillik kabi muhim kompetensiyalar muammoli ta’lim orqali samarali shakllantirilishini ko‘rsatadi.