Published May 3, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
3-SINFDA "MEHNATSEVAR BOLA QANDAY BOʻLADI?" MAVZUSIDAGI MASHGʻULOTNI OʻTKAZISH METODLARI
Description
Ushbu maqolada 3-sinf oʻquvchilarida mehnatsevarlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotni tashkil etishning samarali usullari yoritilgan. Mavzuni oʻquvchilar yoshiga mos, hayotiy misollar, amaliy mashqlar, suhbat va refleksiya asosida olib borish yoʻllari koʻrsatilgan. Shuningdek, yapon tarbiya metodikasining ayrim tamoyillarini milliy muhitga moslashtirgan holda modifikatsiya qilib qoʻllash imkoniyatlari tavsiflangan. Maqolada mehnatsevarlikni nazariy tushuncha emas, balki kundalik xulq-atvorda namoyon boʻladigan amaliy fazilat sifatida shakllantirish muhim ekani asoslangan.