FARZAND TARBIYASIDA XALQARO MODELLAR VA ULARNING MAZMUN-MOHIYATI
Authors/Creators
Description
Farzand tarbiyasi faqatgina oila yoki maktabning emas, balki ularning oʻzaro hamkorligi asosida samarali tashkil etiladigan murakkab jarayondir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ota-ona va maktab hamkorligi farzandning har tomonlama kamol topishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ota-ona va maktab hamkorligi deganda, bolaning ta'lim va tarbiya jarayonida ikki muhim ijtimoiy institut – oila va ta'lim muassasasining oʻzaro muvofiq va maqsadli faoliyati tushuniladi. Bu hamkorlik bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uning intellektual, ma'naviy, axloqiy va jismoniy rivojini ta'minlashga qaratilgan. Agar ota-ona va oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro tushunish, ishonch va hamjihatlik mavjud boʻlsa, bu bolaning rivojlanishiga ijobiy ta'sir koʻrsatadi. Aks holda, qarama-qarshi yondashuvlar bolada ikkilanish, ishonchsizlik va hatto tarbiyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.