Published April 30, 2026 | Version v1
Journal article Open

ISLOMIY BANKLARDA RAQAMLI MIKRO-MOLIYALASHTIRISH TIZIMLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

Description

Mazkur maqolada islomiy banklarda raqamli mikro-moliyalashtirish tizimlarining nazariy asoslari, ularning iqtisodiy ahamiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida islomiy moliyaning asosiy tamoyillari – riba (foiz) taqiqi, riskni taqsimlash, aktivlarga asoslangan moliyalashtirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillari raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganilgan.

Xususan, FinTech texnologiyalarining islomiy moliya institutlari faoliyatiga ta’siri, mikroqarzlar, mushoraka, mudaraba va murabaha asosidagi moliyalashtirish jarayonlarining raqamlashtirilishi, mobil banking, blockchain va sun’iy intellekt asosidagi kredit baholash tizimlarining joriy etilishi tahlil qilingan.

Shuningdek, maqolada rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, Malayziya, Indoneziya, BAA va Saudiya Arabistoni tajribasi asosida raqamli islomiy mikro-moliyalashtirish modellarining amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu mamlakatlarda raqamli platformalar orqali moliyaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishi, tranzaksiya xarajatlarining kamayishi va moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasining ortishi ilmiy asosda tahlil etilgan. Tadqiqot davomida 2021–2025 yillar kesimida global va mintaqaviy statistik ma’lumotlar asosida raqamli mikro-moliyalashtirish bozorining o‘sish dinamikasi ham ko‘rib chiqilgan.

Files

1190-1199.pdf

Files (681.3 kB)

Name Size Download all
md5:faf1863a35b4393e1658c3366b2e3288
681.3 kB Preview Download