Published April 30, 2026 | Version v1
Journal article Open

PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR YORDAMIDA TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

Description

Mazkur maqolada pedagogik innovatsiyalar vositasida talabalarning kreativ qobiliyatlarini shakllantirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni faqat nazariy bilim bilan qurollantirish yetarli bo‘lmay, ularda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, yangilik yaratish va innovatsion faoliyatga tayyorlik kabi kompetensiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan pedagogik innovatsiyalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, talabaning individual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda kreativ tafakkurni rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Maqolada kreativlik tushunchasining pedagogik mohiyati, uning shakllanish omillari, pedagogik innovatsiyalarning turlari va ularning ta’lim jarayoniga tatbiq etilish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muammoli ta’lim, loyiha metodi, STEAM yondashuvi, klaster texnologiyasi, keys-stadi, brainstorming, debat va refleksiya metodlari orqali talabalar kreativligini rivojlantirish masalalari keng tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pedagogik innovatsiyalarni tizimli va maqsadli qo‘llash talabalarda mustaqil tafakkur, tashabbuskorlik, yangilikka intilish, ijtimoiy faollik va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogika sohasi mutaxassislari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Files

1119-1125.pdf

Files (528.2 kB)

Name Size Download all
md5:7a4c11d2482ac501260cbe9d08906fba
528.2 kB Preview Download