Published April 28, 2026 | Version v1

INGLIZ VA O'ZBEK XALQ EPOSLARIDA MILLIY QADRIYATLARNING AKS ETISHI

Description

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek xalq eposlarida milliy qadriyatlarning aks etishi qiyosiy tahlil qilinadi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati asoslab beriladi, metodlar bo‘limida folklorshunoslik va adabiyotshunoslikka oid o‘zbek hamda xorijiy manbalar tahliliga tayaniladi. Natijalar bo‘limida ingliz eposlarida ritsarlik, sadoqat va jasorat kabi qadriyatlar, o‘zbek eposlarida esa vatanparvarlik, oilaviy birlik, mardlik va an’anaviy urf-odatlarning badiiy ifodasi yoritiladi. Shuningdek, obrazlar tizimi, syujet qurilishi va motivlar orqali milliy ruhning namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib beriladi. Muhokama qismida ikki xalq eposlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar, ularning tarixiy-madaniy ildizlari hamda zamonaviy adabiy jarayonga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalq eposlari milliy qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi hamda yosh avlod tarbiyasida alohida ahamiyat kasb etadi.

Files

1058-1062.pdf

Files (299.3 kB)

Name Size Download all
md5:bcbee028fccfae7e49fc7509acd16583
299.3 kB Preview Download