PAXTANI SS-15A SEPARATOR SIDIRGICHINI PAXTA OQIMIGA TA'SIRINING NAZARIY TAHLILI
Authors/Creators
Description
Paxtani SS-15A separator yordamida havodan ajratish jarayonida takomillashtirilgan to‘lqinsimon kanal yuzasida paxta oqimining harakatini nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Paxta oqimini uzluksiz va bir tekisda vakuum klapanga yetkazish uchun oqim tezligi, kanal og‘ish burchagi, ishqalanish koeffitsienti va egrilik radiusi asosida differensial tenglamalar tuzilgan. Paxta oqimining kanal yon tomonlariga to‘kilmasligi sharti aniqlangan bo‘lib, maksimal tezlik 33,5 m/s dan oshmasligi ta’minlangan. Shuningdek, separatorning vertikal setkasi va sidirgich ta’siridagi paxta harakati Nyutonning qonuni va Lagranj tenglamalari asosida modellashtirilgan.