Published April 28, 2026 | Version v1
Publication Open

JINOYAT ISHLARINI TERGOV QILISHDA PSIXOLOGIK PROFAYLINGDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida psixologik profaylingdan foydalanishning nazariy-huquqiy asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Zamonaviy jinoyatchilikning murakkablashib borishi sharoitida an’anaviy tergov usullarini takomillashtirish va ularni psixologik tahlil vositalari bilan boyitish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada psixologik profaylingning mohiyati, uning kriminalistika va yuridik psixologiya tizimidagi o‘rni, jinoyatchining psixologik portretini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, profaylingning tergov jarayonidagi amaliy imkoniyatlari, jinoyatchilarni aniqlash, ularning xulq-atvorini prognoz qilish hamda tergov harakatlarini samarali rejalashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Maqolada xorijiy va MDH davlatlari olimlarining ushbu sohaga oid ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ulardagi asosiy yondashuvlar va mavjud muammolar ochib berilgan. Shu bilan birga, psixologik profaylingning huquqiy maqomi, uning dalillar tizimidagi o‘rni va qo‘llash chegaralari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Amaldagi qonunchilikda ushbu institutni tartibga solishdagi ayrim bo‘shliqlar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tahlil, sintez, qiyosiy-huquqiy va tizimli yondashuv kabi ilmiy metodlardan foydalanilgan.

 

Files

YO'ITJ 0447.pdf

Files (239.1 kB)

Name Size Download all
md5:51342a73b17abf6cdc670be808b54d13
239.1 kB Preview Download