|
Ushbu maqolada Abdurauf Fitratning Rahbari najot risolasida ilgari surilgan “baxtsiz odamlarning ikki toifasi”ga oid qarashlari tahlil etiladi. Muallif inson baxti va baxtsizligi masalasini ijtimoiy hamda ma’naviy nuqtayi nazardan yoritib, baxtsiz insonlarni ikki guruhga ajratadi: o‘z holatini anglamaydiganlar va anglab turib harakat qilmaydiganlar. Maqolada ushbu toifalarning asosiy xususiyatlari, ularning paydo bo‘lish sabablari hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, Fitratning bu boradagi fikrlarining hozirgi davr uchun ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida inson kamolotida ilm, ong va faol hayotiy pozitsiyaning muhimligi yoritiladi.
|