O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AGROLOGISTIKA XIZMATINI RIVOJLANISH IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida agrologistika xizmatlarining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va iqtisodiyotdagi o‘rni tahlil qilingan. Mamlakatda agrologistika xizmatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda huquqiy baza, infratuzilma holati, moliyaviy va kadrlar masalalari hamda raqamli yechimlar joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Natijalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yo‘qotishlarini kamaytirish, eksport salohiyatini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda agrologistikaning strategik ahamiyatini isbotlaydi.