JIN MASHINASI ARRALI SILINDIRIDAGI DINAMIK KUCHLARNI ENERGIYA SARFIGA TA'SIRINI OPTIMALLASH YECHIMLARI
Authors/Creators
Description
Jin mashinasini samaradorligini va tola sifatini oshirishga sababchi bo‘luvchi arrali silindriga qarshilik qiluvchi kuchlarni kamaytirish lozim bo‘ladi.
Jin mashinalarida arrali silindrning aylanish jarayoni eng ko‘p energiya talab qiluvchi bosqich hisoblanadi. 75 kVt quvvatga ega elektrodvigatel o‘rnatilgan zamonaviy jin mashinalarida energiya sarfining 60-70% arrali silindrning aylanishiga sarflanadi. Shu bilan birga, dinamik qarshilik kuchlarining o‘zgarishi tola sifatiga bevosita ta’sir etadi. Buning uchun jin mashinasi arrali silindrida hosil bo‘ladigan titrashni kamaytirish ham tola sifatini yaxshilanishiga olib keladi.