Bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari
Description
Mantiqiy masalalarni yechish – aql-idrokni rivojlantirishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Bu inson tafakkurini
har tomonlama rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mavzuda mantiqiy masalalarning mohiyati, ularning
turlari hamda aqliy faoliyatni faollashtirishdagi o‘rni keng yoritiladi. Mantiqiy topshiriqlarni muntazam bajarish orqali insonning
tahliliy fikrlashi, muammolarni chuqur anglash va ularga turli yo‘llar bilan yechim topish qobiliyati shakllanadi hamda
rivojlanadi. Mazkur yo‘nalishda mantiqiy masalalar diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash, tez va aniq fikrlashni rivojlantirishga
xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, xulosa chiqarish
kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shuningdek, mantiqiy mashqlar insonning ijodiy tafakkurini
rivojlantirib, noodatiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Ushbu mavzuda mantiqiy masalalarni
yechishning metod va usullari, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning samaradorligi ham ko‘rib chiqiladi. Mantiqiy fikrlashni
rivojlantirish orqali nafaqat o‘quv jarayonida, balki kundalik hayotda ham duch kelinadigan muammolarni oqilona hal etish
imkoniyati ortadi. Shu bois, mantiqiy masalalar inson aql-idrokini charxlovchi eng muhim vositalardan biri sifatida alohida
ahamiyatga ega.
Files
509_Xoshimova_Dilobar_Kuchkarovna_Nortosheva_Dildora_Orif_qizi_Avazmurodova.pdf
Files
(1.6 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:eb5ec456689e8bd808a504fb236c8b05
|
1.6 MB | Preview Download |