TEXNOLOGIYA DARSLARIDA STEAM YONDASHUVI: PAZANDACHILIKDAN MODELLASHTIRISHGACHA BO'LGAN JARAYONLARNI AMALIY-KREATIV O'QITISH METODIKASI
Authors/Creators
Description
Mazkur metodik tavsiyanoma texnologiya darslarida o‘quvchi-qizlarni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy hayotga tayyorlashda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim yondashuvidan samarali foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini yoritadi.
Unda texnologiya fanining barcha asosiy yo‘nalishlari — oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, gazlama va turli materiallarga ishlov berish, kiyim-kechaklarni loyihalash va modellashtirish, ro‘zg‘or iqtisodiyoti kabi mavzularni fanlararo integratsiya asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan.
Ushbu metodik tavsiyada an’anaviy reproduktiv yondashuvdan voz kechib, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muhandislik tafakkuri, mantiqiy tahlil qilish qobiliyati hamda estetik didini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion va interaktiv metodlar taklif etiladi