Published April 8, 2026 | Version v1
Journal article Open

7-SINF O'QUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING O'RNI

  • 1. Samarqand davlat pedadogika instituti
  • 2. Samarqand davlat pedagogika instituti

Description

Mazkur maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilarida axborot kompetentligini shakllantirish jarayonida pedagogik dasturiy vositalarning ahamiyati tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim jarayonida zamonaviy dasturiy vositalardan samarali foydalanishni talab etmoqda. Maqolada pedagogik dasturiy vositalarning ta'lim samaradorligini oshirish, o'quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda axborotni izlash, tahlil qilish va undan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishdagi o'rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, 7-sinf o'quvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi elektron darsliklar, ta'limiy platformalar, multimediali dasturlar va interaktiv metodlarning amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik dasturiy vositalardan oqilona foydalanish o'quvchilarning axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirishga, ularning bilim olish motivatsiyasini oshirishga hamda zamonaviy raqamli muhitga moslashuvini ta'minlashga xizmat qilishini ko'rsatadi.

Original journal page: https://cajii.com/index.php/cajii/article/view/8

Notes

Archived automatically from OJS.

Files

7-SINF_OQUVCHILARIDA_AXBOROT_KOMPETENTLIGINI_SHAKLLANTIRISHDA_PEDAGOGIK_DASTURIY_VOSITALARNING_ORNI.pdf

Additional details