Published April 25, 2026 | Version v1

PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI, UNI TASHKIL QILISH VA O'TKAZISH METODIKASI

Authors/Creators

Description

Mazkur tadqiqotda ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo fanini o‘qitishda murakkab masala va mashqlardan foydalanish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuni yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba va nazorat guruhlari tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim darajasi, mantiqiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlari o‘rganildi.

Tajriba-sinov ishlari tayyorgarlik, diagnostik, tajriba va nazorat bosqichlari asosida tashkil etildi. Jarayonda analitik, sintetik va integrativ yondashuvlar, differensial va individual ta’lim metodlari qo‘llanildi. Olingan natijalar statistik tahlil qilinib, tajriba guruhida o‘quvchilarning bilim darajasi, murakkab masalalarni yechish ko‘nikmalari hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlari sezilarli darajada oshgani aniqlandi.

Tadqiqot natijalari murakkab kimyoviy masalalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish orqali kimyo ta’limi samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi hamda amaliyot uchun muhim metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Files

477-482.pdf

Files (604.2 kB)

Name Size
md5:a07dc02854705166f6f02ea98b95f58c
604.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • И.Р.Асқаров, К.Ғ.Ғопиров, Н.Х.Тўҳтабоев. Кимё. 8-синф ўқувчилари учун дарслик. Тошкент, Янги йўл полиграф сервис нашрёти, 2019 йил. 168 б.