Published April 24, 2026 | Version v1

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA LOVE VA MUHABBAT UNIVERSAL KONSEPTLARINING LEKSIK- FRAZEOLOGIK IFODALANISHI

  • 1. Ilmiy rahbar – PhD, professor
  • 2. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistratura talabasi

Description

Mazkur maqolada til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik zamonaviy tilshunoslik, xususan, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik va psixolingvistika nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy obyekti sifatida universal konseptlardan biri – love / muhabbat konsepti tanlangan. Ishda konsept tushunchasining nazariy asoslari, uning til, tafakkur va madaniyat tizimidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, love konseptining ingliz tilidagi leksikografik talqini izohli, etimologik, sinonimik va frazeologik lug‘atlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda konseptning semantik yadrosi, periferik ma’nolari, emotsional intensivligi va madaniy kontekstdagi ifodalanish xususiyatlari aniqlanadi. O‘zbek tilida muhabbat konseptining ifodalanishi milliy mentalitet, axloqiy qadriyatlar va lingvokulturologik xususiyatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Leksik-frazeologik tahlil, sinonimlar tizimi va badiiy matndagi (masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”) konseptual realizatsiya muhabbatning universal va madaniy jihatdan boy mazmunini ochib beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muhabbat konsepti inson tafakkuri, hissiy tajribasi va madaniy qadriyatlarning uzviy birligidir.

Files

TURG'UNOVA YULDUZ MAQOLA (2).pdf

Files (208.4 kB)

Name Size
md5:124c455cfee3ae96903482b7740c5331
208.4 kB Preview Download