MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA SOMATOTIP XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHI VA UNI BAHOLASH USULLARI
Description
Annotatsiya: Maktab yoshidagi bolalarda somatotip shakllanishi genetik omillar, jinsiy yetilish, ovqatlanish va jismoniy faollik bilan belgilanadigan murakkab jarayondir. Ushbu maqola Heath-Carter usuli asosida somatotip komponentlarining (endomorfiya, mezomorfiya, ektomorfiya) yosh va jinsga bog‘liq o‘zgarishlarini tahlil qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 5 yoshdan boshlab somatotip profili jinslar bo‘yicha farqlana boshlaydi, o‘smirlik davrida esa bu farqlar yanada keskinlashadi. Somatotipni baholashning antropometrik, bioimpedans va skelet yetilishini baholash usullari mavjud. Ushbu maqolada 210 dan ortiq ilmiy manbalarga asoslangan holda somatotip diagnostikasining zamonaviy yondashuvlari va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan.