Published April 23, 2026 | Version v1
Journal article Open

SHAHAR LANDSHAFT TIZIMI TUSHUNCHASI VA TASNIFI

Description

Mazkur maqolada shahar landshaft tizimi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibiy tuzilmasi ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Shahar hududining tabiiy va sun’iy komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, landshaftni shakllantiruvchi omillar hamda ularning urban muhitga ta’siri keng yoritilgan. 

Tadqiqot davomida shahar landshaft tizimining asosiy elementlari – yashil hududlar, transport infratuzilmasi, rekreatsion zonalar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining o‘zaro integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, landshaft tizimining funksional, ekologik va estetik jihatlari asosida tasnifi ishlab chiqilib, zamonaviy shaharsozlikdagi o‘rni asoslab beriladi.

Maqolada shahar landshaft tizimini samarali tashkil etish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining yashash sifatini oshirish va hududdan oqilona foydalanish masalalari muhim ilmiy yo‘nalish sifatida yoritilgan.

Files

927-931.pdf

Files (279.5 kB)

Name Size Download all
md5:2273709dc88f05449d7b36822916d7ed
279.5 kB Preview Download