Published April 23, 2026 | Version v1
Journal article Open

KICHIK TADBIRKORLIK SUB'EKTLARIGA SOLIQ SOLISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING FAOLIYATIGA SOLIQ SIYOSATINING TA'SIRI

Description

Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlariga soliq solish tizimining zamonaviy xususiyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari hamda ularning kichik biznes faoliyatiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida kichik biznes uchun amal qiluvchi soliq rejimlari, jumladan aylanmadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tizimiga integratsiya mexanizmlari hamda soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligi ilmiy asosda o‘rganilgan.

Shuningdek, maqolada raqamli soliq ma’murchiligining joriy etilishi, xususan elektron hisob-faktura tizimi, onlayn nazorat-kassa texnikalari va avtomatlashtirilgan soliq hisobotlari orqali soliq tizimi shaffofligi va samaradorligining oshishi yoritilgan. Ushbu jarayon kichik tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy yukni kamaytirib, ularning faoliyatini yengillashtirayotgani aniqlangan.

Files

844-850.pdf

Files (659.1 kB)

Name Size Download all
md5:9dec01fcd2c327178d951cff972150c5
659.1 kB Preview Download