O'ZBEK TILIDA PEDAGOGIKA SOHA TILI BOYISHINING ICHKI MANBAALARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada o‘zbek tili pedagogik terminologiyasining ichki manbalar asosida boyish jarayoni tahlil qilinadi. Til va jamiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik nuqtai nazaridan ta’lim tizimidagi islohotlarning terminologik tizimga ta’siri yoritiladi. Pedagogik terminlarning shakllanishida morfologik, sintaktik, semantik usullar hamda kalkalash va qisqartmalar orqali hosil bo‘lish jarayonlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik yillarida yuzaga kelgan yangi pedagogik tushunchalarning milliy til imkoniyatlari asosida ifodalanishi misollar orqali dalillanadi. Shuningdek, terminologiyani tartibga solish, me’yorlashtirish va tizimlashtirish zarurati asoslab beriladi.