BOSHLANG'ICH TA'LIMDA EMOTSIONAL INTELLEKT ASOSIDA O'QUV MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining o‘quv motivatsiyasini oshirishda emotsional intellektning o‘rni, ta’sir mexanizmlari va psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shakllanishi o‘qituvchining emotsional kompetensiyasi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabat sifati, sinfdagi emotsional muhit va ijobiy psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Xorijiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan EI–motivatsiya modellarining (Goulman, Mayer–Salovey, Pekrunning Emotsional-o‘quv modeli) afzalliklari tahlil qilinib, mahalliy ta’lim tajribasi bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari motivatsiyasini oshirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan emotsional-intellektual strategiyalar ishlab chiqildi.