TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGIDA RESURS BAZASINING O'RNI
Authors/Creators
Description
Tijorat banklari zamonaviy iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik funksiyasini bajaruvchi asosiy institutlardan biri hisoblanadi. Ular vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga qayta taqsimlash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Banklarning uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishi esa, eng avvalo, ularning resurs bazasining mustahkamligi va barqarorligiga bevosita bog‘liqdir. Resurs bazasi bankning operatsion faoliyatini moliyalashtiruvchi asosiy manba bo‘lib, u orqali kreditlash, investitsiya va boshqa aktiv operatsiyalar amalga oshiriladi.