Published April 21, 2026 | Version v1
Journal article Open

AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATISH TIZIMINI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Description

Mazkur maqolada aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan normativ-huquqiy islohotlar, “bir darcha” tamoyili, proaktiv va kompozit xizmatlar, raqamli identifikatsiya, idoralararo elektron hamkorlik, mobil xizmatlar, fuqaroga yo‘naltirilgan servis mexanizmlari hamda sifat nazorati masalalari o‘rganildi.

Tahlil natijasida davlat xizmatlarini boshqarishning zamonaviy modeli faqat raqamlashtirish bilangina emas, balki huquqiy soddalashtirish, ma’lumotlar integratsiyasi, xizmatlarni hayotiy vaziyatlar asosida loyihalash, ijtimoiy inkluzivlik va tezkor qayta aloqa mexanizmlari bilan tavsiflanishi asoslandi. Shuningdek, maqolada tizimni yanada rivojlantirish uchun ma’lumotlar almashinuvi, xodimlar malakasi, proaktiv xizmatlar ulushi va natijadorlik monitoringini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatildi.

Files

743-749.pdf

Files (672.5 kB)

Name Size Download all
md5:876c4cd2e227900306a81462816e45e9
672.5 kB Preview Download