Published March 25, 2026 | Version v1
Journal Open

ОʻZBEKISTON HUDUDIDAGI BARLOS URUG'LARINING ETNOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Description

Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Osiyodagi turkiy qabilalar, xususan barlos qabilasining kelib chiqishi, etnogenezi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, moddiy va ma’naviy madaniyati, urf-odatlari, marosimlari hamda til xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Barloslar oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, turkman va boshqa turkiy xalqlarning qabila tarkibidagi muhim etnik guruhlardan biri sifatida tahlil qilinadi. Maqolada barlos shevasining oʻzbek tilining qorluq-chigʻil lahjasiga mansubligi, uning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari, shuningdek barloslarning hozirgi yashash hududlari, ularning turmush tarzi va marosimlari toʻliq yoritilgan.

Kalit soʻzlar: turkiy qabilalar, barlos shevalari, qorluq-chigʻil lahjasi, etnogenez, urf-odatlar, marosimlar, Temuriylar, chigʻatoy tili, Markaziy Osiyo.

Files

Anarbayeva Marifatxon Murodiljonovna.pdf

Files (313.5 kB)

Name Size Download all
md5:a70ac928745e5d992846c01d5947cbe0
313.5 kB Preview Download