AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI IQTISODIY JARAYONLARNI RAQAMLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning
iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikka ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya
jarayonida yagona axborot makonining shakllanishi va uning iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishdagi ahamiyati yoritiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotida AKTni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va
ularning amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AKTni rivojlantirish iqtisodiy samaradorlikni oshirish,
boshqaruv tizimlarini takomillashtirish hamda global raqobatbardoshlikni mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi