Published April 18, 2026 | Version v1

TURLI DARAJADAGI ALIMENTAR KONSTITUTSIONAL SEMIZLIKDA TASHQI NAFAS OLISH FAOLIYATI KO'RSATKICHLARI, O'PKA ARTERIYASI BOSIMI VA BIOKIMYOVIY MARKERLAR O'RTASIDAGI O'ZARO BOG'LIQLIK

Description

Dolzarblik. Alimentar semizlik zamonaviy tibbiyotning eng muhim va keng tarqalgan muammolaridan biri bo‘lib, u organizmning turli tizimlariga, jumladan nafas olish tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Yog‘ to‘qimasining ortiqcha to‘planishi ko‘krak qafasi biomekanikasini buzadi, diafragma harakatchanligini cheklaydi hamda o‘pka hajmlarining kamayishiga olib keladi, natijada tashqi nafas olish faoliyati izdan chiqadi. Bundan tashqari, semizlik o‘pka qon aylanishida gemodinamik o‘zgarishlar bilan kechib, o‘pka arteriyasi bosimining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, semizlik surunkali past darajali yallig‘lanish va metabolik buzilishlar bilan xarakterlanib, respirator disfunksiyani yanada kuchaytiradi.

Files

650-659.pdf

Files (719.4 kB)

Name Size Download all
md5:b036b25e394a4af7900ac435e63778fc
719.4 kB Preview Download