Published April 1, 2026 | Version v1

TIKUV-TRIKOTAJ MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KICHIK KORXONALARNING IQTISODIY KO'RSATKICHLARI TAHLILI

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston tikuv-trikotaj sanoatida faoliyat yurituvchi kichik korxonalarning asosiy iqtisodiy
ko‘rsatkichlari 2020-2022-yillar kesimida empirik va taqqosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot uchta viloyatda joylashgan
30 ta kichik korxona ma’lumotlarini qamrab olib, ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, rentabellik, likvidlik hamda
moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Olingan natijalarga ko‘ra, korxonalarda umumiy ishlab
chiqarish hajmi uch yil davomida 54,8 % ga, sof foyda esa 67,7 % ga oshgan. Shu bilan birga, mehnat unumdorligining
o‘sish sur’atlari nisbatan pastroq bo‘lib, bu sohada kadrlar malakasini oshirish va texnologik modernizatsiyani jadallashtirish
zaruratini ko‘rsatadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etgan bo‘lsa-da, qarz yuklamasi va
debitor qarzdorlikni optimallashtirish yo‘nalishida imkoniyatlar mavjud. Maqolada aniqlangan masalalarni hal etishga
qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini
takomillashtirish va tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Files

152. Abduhamidov Abdurahmon Abdulatif o‘g‘li.pdf

Files (3.1 MB)

Name Size
md5:346f60350e9535e686b98ecdaecea9d5
3.1 MB Preview Download

Additional details