OʻZBEKISTONNING TERRORIZMGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
Description
Mazkur tezisda Oʻzbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati, uning shakllanish bosqichlari, huquqiy-me’yoriy asoslari hamda amaliy tajribasi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan strategik yondashuvlar, xususan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari, profilaktik choralar tizimi hamda ularning samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda radikalizm va ekstremistik g‘oyalarning oldini olishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘rni, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda fuqarolik jamiyatini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar yoritiladi. Tadqiqot davomida mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, global xavfsizlik tizimidagi ishtiroki ham tahlil qilinadi. Natijada Oʻzbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi tizimli, kompleks va preventiv yondashuvga asoslanganligi, hamda ushbu model mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi.
Files
588-591.pdf
Additional details
References
- 1.Oʻzbekiston Respublikasining "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida"gi Qonuni. — Toshkent, 2000.
- 2.Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. — Toshkent, 2023.
- 3.Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2021.
- 4.BMTning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha konvensiyalari. — Nyu-York, 2001.
- 5.SHHT doirasidagi xavfsizlikka oid hujjatlar. — Pekin, 2018.
- 6.Dinshunoslik asoslari. — Toshkent, 2020.
- 7.Abdullayev A. Xavfsizlik va barqarorlik masalalari. — Toshkent, 2019.
- 8.Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent, 2008.