SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA QABUL QILINADIGAN QARORLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISHGA OID ILG'OR XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Authors/Creators
Description
Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt tizimlari asosida qabul qilinadigan qarorlarni huquqiy tartibga solish va nazorat qilish sohasidagi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada Yevropa Ittifoqining riskka asoslangan yondashuvi, AQSHning tarmoqli innovatsion modeli, Xitoyning davlat nazoratiga tayangan strategiyasi hamda Buyuk Britaniya va Singapurning moslashuvchan tartibga solish usullari atroflicha o‘rganilgan. Tadqiqot davomida algoritmlarning "qora quti" (black box) fenomeni, "Human-in-the-loop" (inson nazorati) prinsipi va algoritmik qarorlar uchun javobgarlik masalalari huquqiy doktrina nuqtai nazaridan tahlil qilingan.