Published April 13, 2026 | Version v1

KOKILDOR XONAQOHI: TARIXIY VA ME'MORIY TAHLIL

  • 1. Termiz arxeologiya muzeyi xodimi
  • 2. Wordly Knowledge Publishing Centre

Description

Mazkur maqolada Termiz tumanida joylashgan Kokildor xonaqohining tarixiy shakllanishi, funksional ahamiyati va me’moriy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xonaqohning XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida, xususan Abdullaxon II hukmronligi paytida barpo etilgani asoslanadi. Shuningdek, xonaqohlarning so‘fizm an’analari bilan bog‘liq ravishda shakllangani, ularning ijtimoiy-diniy hayotdagi o‘rni va ko‘p funksiyali inshoot sifatidagi roli yoritib berilgan.

Maqolada Kokildor xonaqohining rejaviy tuzilishi, markaziy gumbazli zal, hujralar tizimi, peshtoq va ganchkorlik bezaklari kabi me’moriy elementlari tahlil qilinib, ular Markaziy Osiyo xonaqohlari an’analari doirasida baholanadi. Shu bilan birga, inshootning nafaqat diniy markaz, balki ziyoratgoh, mehmonxona va ma’rifiy muassasa sifatida xizmat qilgani ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan.

Tadqiqot natijalari Kokildor xonaqohining o‘rta asrlar Markaziy Osiyo me’morchiligidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Files

162-163.pdf

Files (212.2 kB)

Name Size
md5:44f79869a783a8b4f7fcf026c567d48a
212.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.Bartold V.V. Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya.
  • 2.Pugachenkova G.A. Arxitektura Tsentralnoy Azii.
  • 3.Rempel L.I. Arxitekturniy ornament Uzbekistana.
  • 4.Azimov B. O'zbekiston me'morchilik tarixi.
  • 5.Masson M.E. Sredneaziatskaya arxitektura.