Oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchilarni anonim baholash tizimining ishonchliligi va pedagogik samaradorligini baholash
Description
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar faoliyatini talabalar tomonidan anonim baholash tizimining ishonchliligi
va pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda talabalarning fikrlarini tizimli o‘rganishning ta’lim sifatini
oshirishdagi ahamiyati yoritilib, anonim baholashning afzalliklari, cheklovlari hamda o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga
ta’siri ko‘rib chiqiladi. So‘rovnoma, statistik tahlil va taqqoslash metodlari asosida olingan natijalar mazkur tizim o‘qituvchi
faoliyatini baholashda muhim indikator ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, uning obyektivligini oshirish uchun metodik
yondashuvlarni takomillashtirish zarurligi asoslanadi. Tizimni samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.