Published April 10, 2026 | Version v1

SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Description

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodining bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati badiiy-tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Adibning asarlari go‘yo hayotning o‘zidan o‘yib olingan lavhalardek o‘quvchi qalbiga kirib boradi, inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beradi. Maqolada yozuvchining hikoya va qissalarida aks etgan insoniylik, vijdon, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, muallif ijodidagi obrazlar — hayot shamollarida toblangan, dard va umid oralig‘ida yashayotgan insonlar timsoli sifatida talqin etiladi. Ularning ichki kechinmalari goh sokin daryo misol, goh to‘lqinlangan dengizdek tasvirlanib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

Maqolada Shukur Xolmirzayev asarlarining bugungi globallashuv davrida milliy o‘zlikni asrash, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi.  Mazkur tadqiqot yozuvchi ijodining zamonlar osha so‘nmas ma’naviy chiroq ekanini, uning asarlari esa inson qalbining eng yashirin torlarini chertuvchi betakror badiiy olam ekanini ochib beradi.

Files

240-242.pdf

Files (486.0 kB)

Name Size Download all
md5:ed849e2d8ed4a6bd046e51e3316ec447
486.0 kB Preview Download